Toşkentda havo sifati “juda noqulay” darajaga yetdi
Bu qiziq
−
11:27 1665 2 daqiqa
Toşkent şahrida keça, 27 oktyabrdan bugun, 28 oktyabrga ötar keçasi havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “noqulay” darajada böldi. Ayrim kuzatuv nuqtalarida esa “juda noqulay” körsatkiçlar qayd etildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Milliy havo sifati indeksi böyiça PM2.5 zarraçalari miqdori “sariq”, PM10 zarraçalari miqdori esa “zarğaldoq” darajaga töğri kelgan.
Havo sifatining yomonlaşişiga haroratning pasayişi, şamolning juda kuçsizligi hamda mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan havo massalarining Toşkent atrofida töplanişi sabab bölgan. Bu şaroitlar ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini çeklab, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga olib kelgan.
28 oktyabrga ötar keçasi Ekologik monitoring milliy markazi mutaxassislari Yunusobod, Olmazor, Yangihayot, Sergeli va Yaşnobod tumanlarida atmosfera havosini tekşirgan. Ölçovlar natijasida barça nuqtalarda PM2.5 miqdori “juda noqulay” toifaga mos kelgani aniqlangan.
Prognozlarga köra, bugun, 28 oktyabr kuni kunduzi Toşkentda havo sifati xalqaro AQI böyiça “noqulay” darajada bölişi kutilmoqda. Milliy indeks böyiça esa körsatkiç asosan “sariq”, ayrim vaqtlarda “zarğaldoq” darajaga yetişi mumkin. Keçqurun ham havo sifati “noqulay” darajada saqlanişi ehtimoli bor.
Şu munosabat bilan bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, şuningdek, yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklariga çalinganlarga keçqurun va tunda imkon qadar taşqariga çiqmaslik tavsiya etilgan. Taşqariga çiqişga töğri kelsa, himoya niqobidan foydalaniş, oçiq havoda uzoq qolmaslik hamda keçqurun va tunda derazalarni yopiq tutiş lozimligi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent köçalarida çang miqdorini kamaytiriş va havo namligini oşiriş maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv sepilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr