Toşkent köçalariga çangni bosiş uçun 100 ga yaqin texnika suv sepmoqda

Jamiyat

−

image

Toşkent köçalarida çang miqdorini kamaytiriş va havo namligini oşiriş maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv sepilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, yöl qoplamalarini muntazam namlaş çangning bosilişiga va uning havoga kötarilişini kamaytirişga yordam beradi.

Şuningdek, poytaxtda favvoralar va suğoriş tizimlari ham işga tuşirilmoqda. Bu orqali köçalardagi namlikni oşiriş va şahar muhitini yanada qulay qiliş közda tutilgan.

Hokimlik ma’lumotiga köra, suv sepiş, suğoriş va favvoralar faoliyati poytaxt mikroiqlimini yaxşilaş, çang miqdorini kamaytiriş hamda aholi uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda, xususan, Toşkent şahrida kuzatilayotgan havo ifloslanişiga noqulay meteorologik şaroitlar va tabiiy omillar ham sabab bölmoqda. Bunda yoğingarçilikning kamligi, şamol va atmosfera havosining tabiiy almaşinuvi bilan boğliq jarayonlar muhim ahamiyatga ega.

Eslatib ötamiz, sönggi haftalarda Toşkent şahrida havo sifati bir neça bor yomonlaşib, PM2.5 zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi xalqaro havo sifati indeksi böyiça “nosoğlom” va “juda nosoğlom” toifalarga yetdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing