Toshkentda harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobusda yong‘in chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berib, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgani va yong‘in o‘chirilganini aytmoqda.

“Bugun, 28 yanvar kuni soat 10:50 da Yakkasaroy tumani “Qushbegi” MFY Sho‘ta Rustaveli ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Mersedes-Benz rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobusda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Haydovchining birlamchi ma’lumotidan avtobusning motor qismida nosozliklar yuzaga kelganligi uchun, yo‘lovchilarni tushirib avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqqan. Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:58 da bartaraf etilgan”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Samarqandda avtobus qizil chiroqda harakatlanib, piyodalarning hayotiga xavf tug‘dirgani haqida xabar bergan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing