Toshkent “zoopark”ida qizaloq begemotga ozor berdi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 29 aprel kuni Toshkent hayvonot bog‘iga onasi bilan kelgan qiz to‘siqdan o‘tib, begemot og‘ziga tosh va cho‘plar otdi. Mazkur holat Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan videoda aks etgan.

“Kecha yonida katta odam bor qizaloq Judining voleriga toshlar va cho‘plar otgan, voler ichiga kirib olib, ovqat bergandek aldagan. Bunday qilish mutlaqo mumkin emas! Birinchidan, Judi  hayvonot bog‘imizning eng keksa jonivorlaridan biri va biz uni juda yaxshi ko‘ramiz”, deyiladi bog‘ ma’muriyati xabarida.

Qayd etilishicha, Judi — begemotlarning qimmatli, yo‘q bo‘lib ketayotgan turiga mansub. Ularning soni Yer kurrasida juda oz qolgan va dunyoning hamma hayvonot bog‘lari ham ularda pakana begemot yashashi bilan maqtana olmaydi. 

“Volerga o‘z vaqtida yetib kelgan xodimlarimiz bo‘lmaganda, bu vaziyat qanday tugashi noma’lum bo‘lardi. Aziz do‘stlar, jonivorlarimiz sog‘-salomatligiga e’tiborliroq munosabatda bo‘ling va hayvonot bog‘ida o‘zini tutish qoidalarini buzmang!”, deyiladi xabarda.

Bog‘ matbuot xizmati odamlar noyob pakana begemotlarni saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgancha urinishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

2018 yilda tug‘ilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatiga ko‘ra, 3 yoshli qizaloq intensiv terapiya xonasiga ko‘chirilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Prokuratura qizini ayiq qafasiga uloqtirgan ona 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishini ma’lum qildi.

Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi esa ayol oliy ta’lim muassasasida dars berishini va turmush o‘rtog‘i bilan ajrayotganini ochiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing