“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan mashhur Rufat Risqiyev 72 yoshga to‘ldi

Sport

image

O‘zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan charm qo‘lqop ustasi Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi.

Rufat Asadovich Risqiyev 1949 yilning 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. U Kuba poytaxti Gavana shahrida bo‘lib o‘tgan 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi sifatida tarixda qoldi. Shuningdek, “Toshkent yo‘lbarsi” 1976 yilgi Olimpiya o‘yinlarida finalga qadar yetib borgan. 

Rufat Rizqiyev o‘zbek boksiga tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonlik bokschilarning hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyos. 2020 yil dekbr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, 2019 yildan buyon boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrini topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Rufat Risqiev

Baholaganlar

463

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing