Toshkent vokzali faoliyati qayta tiklanadi
Jamiyat
−
13 avgust 2024 4534 1 daqiqa
Joriy yilning 16 avgust sanasidan Toshkent Markaziy vokzali o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi. Ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Hozirda Toshkent markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Hojikent, Guliston, Angren, Havast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar ham 16 avgust sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “To‘qimachi” bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan 15 iyuldan 15 avgustgacha Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanishi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr