Isroildagi vokzalda noma’lum shaxs odamlarga hujum qildi (video)
Olam
−
03 mart 5684 1 daqiqa
Bugun, 3 mart kuni Isroil shimolidagi Hayfa shahrida avtobus va vokzal yaqinida noma’lum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum qilgan shaxs avtobusdan tushib, sababsiz odamlarni pichoqlay boshlagan. Hujumchi otib o‘ldirilgan.
Ushbu hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan. Jabrlanganlarning uch nafari o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar olgan.
Dastlab OAV politsiya hujumchilardan ikki nafarini “zararsizlantirgani” haqida xabar bergan. Ammo keyin hujumchi va hujumga aloqadorligi hali tasdiqlanmagan yana bir kishini otib o‘ldirilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni Shfaram shahridan bo‘lgan Isroil va Germaniya fuqaroligiga ega 20 yoshli druz amalga oshirgan.
Ba’zi OAVlar esa ushbu hujumda besh nafar fuqaro halok bo‘lgani haqida xabar bergan, ammo ushbu xabarlar rasman tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilda Pardes-Xana-Karkur chorrahasida erkak avtomobilini avtobus bekatida turgan piyodalar ustiga haydagandi. Hodisa oqibatida 10 kishi jarohat olgan, kamida bir kishi og‘ir ahvolda, ikki kishi esa jiddiy jarohatlangandi.
Live
Barchasi