Toshkent viloyatining yana 110,4 gektar hududi Yangi Toshkentga berildi
Jamiyat
−
24 Oktabr
6070Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududidan “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish uchun yer maydoni ajratildi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev joriy yilning 22 oktyabr kuni tegishli qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumanidagi 110,4 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda uning toifasi o‘zgartirilgan bo‘lib, doimiy foydalanish uchun “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga ajratib berilgan. Tumanning ”O‘zbekiston“, ”Guliston“, ”Istiqlol“ mahallalaridagi hududlar ”Yangi Toshkent shahri" hududiga o‘tkazilmoqda. Hozirda belgilangan tartibda kadastr hujjatlari rasmiylashtirish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazilgandi. 22 avgust kuni esa Yuqori Chirchiq tumani hududidan Yangi Toshkentni barpo etish uchun yana umumiy hisobda 158,67 gektar yer maydoni ajratilgandi. Bu yerlar Yuqori Chirchiq tumanidagi “Guliston” (66,67 gektar), “Istiqlol” (13,92 gektar), “Istiqbol” (78,08 gektar) MFYlaridagi hududlarga to‘g‘ri keladi.
LiveBarchasi