Davlat yerini $39 mingga pullamoqchi bo‘lgan bank rahbari va mashinist ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Marhamat tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini noqonuniy ravishda rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi bank xizmatlari markazlaridan birining rahbari hamda “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mashinisti o‘zaro til biriktirib, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirgan.

Ular Marhamat tumani hokimligi zaxirasidagi 24 sotix yer maydoniga go‘yoki turar joy qurish uchun tegishli hujjatlar mavjudligini aytib, mansabdor tanishlari orqali mazkur yer uchastkasini fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa 39 ming AQSH dollari talab qilingan.

Tezkor tadbir davomida mashinist kelishilgan pulning 25 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda davlatga tegishli bo‘sh yer uchastkasiga egalik huquqini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, fuqarodan 10 ming AQSH dollari talab qilgan mansabdor qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing