Davlat yerini $10 000 ga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor ushlandi (video)
3-sahifa
−
30 iyul 3025 1 daqiqa
Toshkentda davlatga tegishli bo‘sh yer uchastkasiga egalik huquqini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, fuqarodan 10 ming AQSH dollari talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Shayxontohur tumani yer hisobini yuritish shu’basi mutaxassisi lavozimida ishlagan fuqaro xaridorga Yashnobod tumanidagi davlatga tegishli bo‘sh yer uchastkasiga egalik huquqini rasmiylashtirib berishini aytib, undan 10 ming dollar talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Undan ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda 211-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari (pora berish bilan bog‘liq holatlar) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yer rasmiylashtirib berish evaziga jami 3,5 ming AQSH dollari olayotgan ikki mansabdor ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi