Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorlarda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
01 iyul 2023 6507 1 daqiqa
Toshkent viloyati Piskent tumani hududida joylashgan bir necha o‘rmonzorda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, ayni damda yong‘in viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Yong‘in sabablari, oqibatlari va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“Holat yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirobod tumanida dala maydoni yonib ketgandi.
Live
Barchasi