Toshkent viloyatidagi metan “zapravka”da 37,5 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida metan “zapravka” 37 mlrd 534 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 17 fevral kuni vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

Xususan, Ohangaron tumanida joylashgan “O.P.P.” MCHJga qarashli AGTKSHga tortilgan gaz quvuri ko‘zdan kechirilganida, yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi fosh bo‘lgan.

Buning natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 37 mlrd 534 mln so‘m (25 mln 23 ming metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududlarida havo haroratining pasayishi oqibatida magistral gaz quvurlarida bosimning kamaygani tufayli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tabiiy gaz zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing