Manzil-koloniyadagi mahkum yana jinoyat sodir etgani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Toshkent shahrida yashovchi va Jizzax shahrida tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda, qurilish firmasi rahbariga o‘zlarining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi 72,5 mlrd so‘mlik ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasini tender savdolarisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri olib berishni va’da qilgan. Evaziga ular ob’ekt qiymatining 6 foizini, ya’ni 4 mlrd 350 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘idan 29 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur noqonuniy ishga Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan, IIV huzuridagi 44-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning aloqadorligi aniqlanib, yuqoridagi pul mablag‘idan 28500 AQSH dollarini olgan vaqtida u ham qo‘lga olingan.

Boshqa holatda esa Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi bog‘dorchilik va polizchilikka ixtisoslashgan uyushma raisi hamda Davlat kadastrlar palatasi Uchko‘prik tuman filialining sobiq mutaxassisi hisoblangan shaxs o‘zaro kelishgan holda, mazkur uyushma balansidagi 10 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib, kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 12600 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Toshkent viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made