Toshkent viloyatidagi maktabda janjalni to‘xtatayotgan o‘quvchini urgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
24 dekabr 2021
16575Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi 18-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy janjal yuz bergani haqida xabar va video tarqaldi. Mazkur holat Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 30 noyabr kuni soat taxminan 10:00 larda Toshkent tumanida joylashgan 9-maktab sport zalida, tuman XTBga qarashli 18-maktab o‘quvchilari va 31-maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi basketbol musobaqasi jarayonida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Musobaqada kuzatuvchi bo‘lgan 2001 yil tug‘ilgan S.A. sport zalda o‘zaro janjallashayotgan maktab o‘quvchilarini bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini ko‘rayotgan, voyaga yetmagan 2004 yil tug‘ilgan X.V. (18-maktab o‘quvchisi)ni (jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan) hech bir sababsiz yuz sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, jabrlanuvchi X.V. 6 kundan ko‘p, 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzilishiga olib kelgan sog‘ligini qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 17-dekabr kuni Toshkent tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr