Toshkent viloyatidagi chegara postida 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari avtobus g‘ildiragi orasidan topildi
3-sahifa
−
24 may
4670Toshkent viloyatida miqdori 1 mlrd 770 mln so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlari O‘zbekistonga noqonuniy tarzda avtobusda olib kirilayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.
Viloyatdagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonga o‘tish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, avtobusning qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv tergov harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistondan zanjir, tish qolipi hamda lom shaklidagi 1,4 kg oltinni kiyimlari ichiga yashirgan holda Qirg‘izistonga olib chiqib ketishga uringan shaxslar qo‘lga olingandi.