Toshkent viloyatida zilzila yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 mart kuni O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 11:52 da O‘zbekiston hududida zilzila yuz berdi. Ushbu yer silkinishi epimarkazi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani. Zilzila koordinatalari 41,73 gradus shimoliy kenglik, 70,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 96 km shimoliy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Bo‘stonliq tumanida 2 ball, 28 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 mart kuni Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing