Toshkent viloyatida uchta mashina to‘qnashdi
3-sahifa
−
22 yanvar 2022 6128 1 daqiqa
Kecha, 21 yanvar kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 3 ta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
YTH soat 20:00 larda “Toshkent-Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yuz bergan. 1996 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Nexia, 1997 yilda tug‘ilgan G.A. boshqaruvidagi “Vaz-2107” va 1994 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi Nexia-3 to‘qnashgan.

Hodisa natijasida, “Vaz-2107” rusumli avtomobil haydovchisi G.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust