Toshkent viloyatida Toyota Nexia va piyodani urib yubordi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida Toyota Lexus avtomobili bir vaqtning o‘zida Nexia va uning yonida turgan piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xaabr berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat tahminan 12:40 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o‘tgan M39  Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz avtomobil yo‘lining 812-kilometrida 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi Toyota Lexus rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi harakatsiz turgan Nexia rusumli transport vositasini va ushbu avtomobil yonida turgan piyoda – 1960 yilda tug‘ilgan fuqoroni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda turli xildagi tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifohonasiga yotkizilgan.

“Hozirda holat yuzasidan Toshkent tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xaabrda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Kawasaki rusumli mototsikl BYD bilan to‘qnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nexia piyoda Toyota Lexus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing