Qashqadaryoda dahshatli avariya bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida KAMAZ va yengil mashinalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 may kuni soat 14:20 larda Qarshi-Yettitom yo‘nalishi D-150 avtomobil yo‘lining 13-kilometrida Nexia-1, Nexia-2 va KAMAZ transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH ortidan Nexia-2 avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qonuniy rasmiylashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida Nexia-3 mashinasi yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib ketgandi. YTH oqibatida Nexia-3 transport vositasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Transport vositasi haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

avariya Nexia KAMAZ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing