Toshkent viloyatida soxta “GAI” qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Chinoz tumanida fonardan yasalgan “bodi-kamera”, yelim ko‘krak nishoni va qalbaki guvohnoma bilan “xizmat olib borayotgan” soxta “GAI” qo‘lga olindi.

Kecha, 6 fevral kuni M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari, safdor Bekjon Yerejepov va serjant Mansur Normatov ushbu yo‘lda harakatlanib kelayotgan KamAZ yuk mashinasini ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘xtatgan. Shunda haydovchi inspektorlarga chamasi 900 metrlar oralig‘ida bir “GAI” xodimi uni to‘xtatib hujjatlarini tekshirganligini, ammo uning bodi kamerasi odatdagidan boshqacharoq ekanligini ma’lum qilgan.

YPX inspektorlari zudlik bilan aytilgan joyga yetib borib, u yerda Nexia rusumli avtomobilda o‘tirgan “xodim”ni ko‘rishgan. Undan kimligini so‘rashganida u voqea joyidan qochmoqchi bo‘lgan. Xodimlar uni qo‘lga olib, Chinoz tuman IIBga olib borishgan. Shundan so‘nig, IIB tezkor xodimlari xolislar ishtirokida uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashina salonini ko‘zdan kechirishganida, u yerdan 24 dona bir xil seriya va raqamli ma’muriy bayonnomalar, Farg‘ona viloyati IIB tomonidan berilgan xizmat guvohnomasining rangli nusxasi va uning egnidagi kiyimiga o‘rnatilgan, “Diqqat” yozuvi tushirilgan qalbaki bodi-kamera va yelimdan eritib yasalgan YPX inspektorining ko‘krak nishoni hamda jezl ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Muqaddam ichki ishlar organida ishlaganman, 2016 yilda o‘z ixtiyorim bilan bo‘shaganman. Ko‘krak nishoni va bodi kamerani o‘zim qo‘lbola usulda yasagan edim”, degan siri fosh bo‘lgan soxta “GAI” xodimi Azizbek Ro‘zmetov.

Ma’lumot uchun, Azizbek Ro‘zmatov 2018 yilning yanvar oyida ichki ishlar organi xodimining kiyimini kiyib, qo‘lbola usulda yasalgan ko‘krak nishonini taqib soxta “GAI”lik bilan Sergeli tumani hududida shug‘ullanayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 227 va 228-moddalari 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik yuzasidan ayblov e’lon qilinib, sud qarori bilan axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llanilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YHXB GAI

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing