Samarqandda haydovchi “tez yordam”ga yo‘l bermadi (video)

3-sahifa

image

Samarqand shahrida tez yordam avtomashinasiga yo‘l bermagan haydovchi topilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar Beruniy ko‘chasi bo‘ylab tez yordam avtomashinasi harakatlanib kelayotgan paytda Damas haydovchisi unga yo‘l bermasdan transport vositasidan tushib, haydovchiga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan.

Ushbu video lavha ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha qoidabuzar haydovchi va transport vositasi topilib, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida tez tibbiy yordam avtotransport vositasiga Spark rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l bermagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand YHXB ez yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing