Samarqandda YPX xodimi urib yuborgan piyoda vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Samarqandda yo‘l patrul xizmati xodimi xizmat mashinasida yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 21 iyul kuni soat taxminan 18:15 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Shabbod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ko‘chada o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridagi tasvirlarda YPX xodimi o‘ziga biriktirilgan Tracker rusumli patrul avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘ldan o‘tayotgan ayol – 1951 yilda tug‘ilgan S.A. ni urib yuborgan.

Viloyati YHXB bergan ma’lumotda aytilishicha, piyoda yo‘lning belgilanmagan joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Bildirilishicha, hodisada piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar Prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 3 nafar YPX xodimi mototsiklda Onix bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan edi. Hodisa oqibatida 1 nafar YPX xodimi vafot etgandi.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing