Toshkent viloyatida sifatsiz dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
03 iyul 2554 2 daqiqa
Toshkent viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan, sifatsiz dori mahsulotlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 9500 dona “Menavazin”, 1300 dona “Glitserin” va 2000 dona “Metralin” dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyish uchun mo‘ljallangan 56 ming 880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9700 dollar va 2 mln 550 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tekshiruv davomida “Glitserin” suyuqligi qo‘lbola usulda tayyorlanib, qadoqlangani ma’lum bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi” Davlat markazining tegishli xulosasiga ko‘ra, mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qo‘llash taqiqlanadi.
Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida sotish uchun yaroqsiz bo‘lgan 3,5 mlrd so‘mlik sifatsiz dorini saqlayotganlar ushlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr