Toshkent viloyatida salkam 2 mlrd so‘m zarar keltirgan issiqxonalar aniqlandi (video)
3-sahifa
−
22 fevral
2853Toshkent viloyatining Zangiota tumanida olib borilgan reyd tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning “Istiqlol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K.B. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan oldin o‘zboshimchalik bilan ulanib, 4 dona nostandart yondirgich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 684 million so‘mlik zarar hisoblandi.
Ikkinchi bir holat esa Qibray tumanida qayd etilgan. Tumanning “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.R. xonadonida issiqxona tashkil qilib, hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 291 million 926 ming so‘mlik zarar aniqlandi.
Vazirlikka ko‘ra, noqonuniy holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida issiqxona 2 milliard 955 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi.
LiveBarchasi