1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi
Jamiyat
−
17 fevral 2025 38644 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yil 1 apreldan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari yana bir karra oshiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 aprel kuni qabul qilingan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.
2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigi:




Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 18 dekabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida O‘zbekistonda 2025 yilning 1 aprelidan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari yana bir karra oshirilishini aytgan edi. U narxlar oshishiga qaramay, energetika sohasiga byudjetdan hali ham subsidiyalar borligining sababini tariflar xarajatlarni to‘liq qoplaydigan darajaga chiqmagani va gazning ma’lum bir qismi import qilinayotgani bilan izohlagandi.
Live
BarchasiAQSHda odam itni tishlab oldi
28 aprel