Toshkent viloyatida portlash! Ikki kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
11 noyabr 2019
10511Bugun, 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani "Surum" mahallasidagi uylarning birida gaz to‘planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Portlash oqibatida 2 nafar shaxs vafot etdi. Hodisa sodir bo‘lgan joyiga zudlik bilan yetib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda.
Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.