Toshkent viloyatida OITSni qasddan yuqtirganlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida tartibsiz hayot kechirish va infeksion kasallikni qasddan yuqtirish bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, jinoyat sodir qilgan shaxslar javobgarlikka tortilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta jinoiy holat aniqlanib, kasallikni yanada tarqalishining oldi olingan.

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli ikki ayol OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay joriy yil iyun oyida 35 va 53 yoshli shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi va bu orqali ushbu shaxslar va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirganligi aniqlangan. Shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Shuningdek, Angren shahrida yashovchi 24-43 yosh orasidagi uch nafar ayol va bir nafar erkak ham OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay o‘zga shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi aniqlangan va tegishli tartibda ushlangan.

Hozirda aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati OIV OITS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing