Toshkent viloyatida “Madaniyat uyi” do‘konga aylantirildi
Madaniyat-san’at
−
21 noyabr 2022
9025Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida joylashgan madaniyat uyi do‘konga aylanib, tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgani atrofida bo‘lib o‘tayotgan muhokamalarga “Madaniy meros” agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Agentlik ma’lum qilishicha, tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan bino Toshkent viloyatining Bekobod tumanida joylashgan bo‘lib, “Bekobod sement” AJga qarashli “Bekobod sement madaniyat uyi” bo‘lgan. Ammo, bino O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019 yildagi 846-sonli qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida ro‘yxatga olinmagan.
Shuningdek, agentlik o‘z tizimidagi moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, muzeylar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, madaniy boyliklarni aniqlash, muhofaza qilish va to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshirishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Qashqadaryo viloyatidagi “Kunjutlitepa” arxeologiya yodgorligi butkul buzib, pullab yuborilgani aniqlangan edi.
LiveBarchasi