Qashqadaryoda fuqaro arxeologik yodgorlikni buzib, pullab yubordi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida “Kunjutlitepa” arxeologiya yodgorligi butkul buzib tashlandi. Uni buzgan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Darxon mahallasida yashovchi R.O. mas’ul idoralar tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan. Shunga qaramay u shu hududda joylashgan “Kunjutlitepa” arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib, undan chiqqan tuproqni sotib yuborib, madaniy merosga 47,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan 2022 yil 15 avgust kuni Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi (Moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning ajrimi bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Mas’ullar ogohlantirdi degani, ular fuqaro yodgorlikni buzishni boshlaganidan xabardor deganimi? Axir, butun boshli yodgorlikni bir kunda buzish mumkin emas. Ogohlantirish o‘rniga chora ko‘rilsa, bo‘lmasmidi? Tarixiy ob’ekt yo‘q bo‘lib ketganidan keyin aybdor qanday jazo olishining qanchalik ahamiyati bor?

Ma’lumot uchun, “Kunjutlitepa” arxeologiya yodgorligi V - VII asrlarga oid bo‘lib, Shov qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing