Toshkent viloyatida qariyb 3 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
3-sahifa
−
21 fevral
2068Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida issiqxona 2 mlrd 955 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ohangaron tumani “Alisher” MFYda joylashgan “A. I. B.” fermer xo‘jaligiga qarashli issiqxona xatlovdan o‘tkazilganda, iste’molchi bir martalik tamg‘a o‘rnatilgan zulfin va elektron gaz hisoblash uskunasini olib tashlab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
“Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 2 milliard 955 million so‘mlik zarar aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Yana bir holat viloyatning Qibray tumanida qayd etilgan. “Guliston” MFYda joylashgan xonadonda yashovchi fuqaro N.D. issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan oldin to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy boylikdan foydalanib kelgan. Noqonuniy holat bo‘yicha 49 mln 673 ming so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2024 yil 1 dekabrdan joriy yil 15 fevralgacha 327 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu muddat ichida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan 167 ta holat aniqlangan.
LiveBarchasi
Trenddagilar


