Toshkent viloyatida qalbaki dollarlarni sotayotgan fuqaro ushlandi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2023 6183 1 daqiqa
Toshkent viloyatida 10 000 AQSH dollarini 85 mln so‘mga sotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor tadbirida fuqaro I.O. fuqaro M.N.ga qalbaki 10 000 AQSH dollarini 85 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan yana 27 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi