Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshirildi

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga muvofiq joriy yilning 1 fevralidan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari o‘zgaradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Angren issiqlik energiyasi” DUK, Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHK, “Olmaliq issiqlik manbai” MCHJ larning iste’molchilarga ko‘rsatayotgan xizmatlar narxi belgilangan. Unga ko‘ra, “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi tariflari aholiga 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun 93 ming 464 so‘m etib belgilanmoqda. Hisoblagich bo‘lgan taqdirda 1 metr kub suv uchun esa 5144 so‘m to‘lanadi.

Narxlar quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev 2025 yil issiqlik va issiq suv tariflari 2 marotaba oshirilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

issiq suv isitish ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing