Toshkent viloyatida isitish mavsumi qachondan yakunlanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 mart
4467Toshkent viloyatida 1 apreldan 2023-2024 yildagi isitish mavsumi yakunlanadi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishi imzolandi.
"Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining viloyatdagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash isitish mavsumini 1 aprel soat 09:00 da yakunlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi byudjet tashkilotlarini 2023/2024 yillardagi isitish mavsumida iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun to‘lovlarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish choralarini ko‘rsin", deyiladi mazkur farmoyishda.
Shu bilan birga viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda isitish mavsumi yakunlangani munosabati bilan 2024/2025 yillardagi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, martdan Toshkent shahrida 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishi haqida xabar bergandik.