Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suvi narxlari oshirilmoqda

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarori asosida 2024 yil 20 fevraldan boshlab, ichimlik va oqova suv narxi oshiriladi. Bu haqda "Toshkent suv ta’minoti" mas’uliyati cheklangan jamiyati xabar bermoqda.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining VI-86-6-10-0-K/24-sonli qaroriga ko‘ra:

  • aholiga ichimlik suvi 1 m3 – 2000 so‘m;
  • byudjet tashkilotlariga ichimlik suvi 1 m3 – 9000 so‘m;
  • boshqa tashkilotlarga ichimlik suvi 1 m3 – 9000 so‘m;
  • aholiga oqova xizmati 1 m3 – 1000 so‘m;
  • byudjet tashkilotlariga oqova xizmati 1 m3 – 2000 so‘m;
  • boshqa tashkilotlarga oqova xizmati 1 m3 – 2000 so‘m qilib belgilangan.

Shuningdek, hisoblash uskunalari bo‘lmagan holatlarda sovuq suv xizmati bo‘yicha to‘lovlar belgilangan tariflarga oshib boruvchi 1,5 koeffitsiyentni qo‘llagan holda hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi oxirlarida Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya  xizmatlari uchun narxlar oshirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

suv Toshkent viloyati ichimlik oqova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing