Toshkent viloyatida ichimlik suvi o‘rniga qon oqayotgani aytilmoqda (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi xonadonlarga qonli suv kelayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Shahar hokimligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 9 oktyabr kuni Olmaliq shahrining “Ramazon” mahallasidagi bir necha xonadondagi ichimlik suvi jo‘mraklaridan qon aralash ichimlik suvi oqishi kuzatilgan.

Shahar “Suv ta’minoti” korxonasi mas’ullarining holat yuzasidan bergan dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu kushxonadagi oqova suv va quvur teshilishi oqibatida ichimlik suvining o‘zaro qo‘shilib ketishi sababli kelib chiqqan.

“Ushbu holat zudlik bilan mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, hozirda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanining “O‘ngqo‘rg‘on” mahallasidagi fermer xo‘jaliklarining o‘rtasidan o‘tgan ariqdan har kuni ikki mahal qonli suv oqishi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

O‘rganish davomida haqiqatan ham “Obod Savdo Biznes” MCHJ ga qarashli qushxona faoliyatidan hosil bo‘lgan oqova suvlarni ariqqa oqizilgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan 2021 yilning 26 fevral kuni Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Qibray tumani inspeksiyasi tamonidan ogohlantirish xati berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ichimlik suvi Toshkent viloyati Olmaliq qonli suv kushxona oqova suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing