Toshkentda sovuq suv ham o‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining qator hududlarida joriy yilning 14 sentyabridan 22 oktyabrigacha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi ta’mirlash ishlari sabab ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 yanvardagi 38-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida katta hajmli suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ iste’molchilarga ichimlik suvi bosimi pasayishi hamda suv vaqtincha bo‘lmasligi haqida quyidagilarni ma’lum qiladi:

14 sentyabr 09:00 dan 15 sentyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yunusobod tumani bo‘yicha: Yangishahar tor ko‘chasi, Chinobod ko‘chasi, Chinobod ko‘chasidagi tergov hibsxonasi (SIZO), “Manzara” turar joy majmuasida, “High Town City” – turar joy majmuasi chakana savdo va ko‘ngilochar majmuasi bilan.

16 sentyabr 09:00 dan 17 sentyabr 14:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yashnobod tumani bo‘yicha: “Amir Temur”, “Tuzel”, “Vatandosh”, “Tong”, “Mohinur”, “Al-Buxoriy”, “Go‘zal”, “Olmos”, “Dilbog‘”, “Navro‘zobod”, “Yashnobod”, “Birlashgan”, “Parvoz”, “Aviasozlar”, “Nodira”, “Xosiyatli”, “Shohimardon”, “Donishmand”, “Shoxsanam”, “Katta Yangiobod”, “Behizor”, “Tarnovboshi”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Fazogir”, “Iltifot”, “Do‘stobod”, “Uchchinor”, “Oydinko‘l”, “Bunyodkor”, “Semurg‘”, “Mashinasozlar”, “Fidoyilar”, “Alimkent”, “Qadriyat”, “Maxmur”, “Ahmad Yassaviy”, “Beshbola”, “Jo‘rabek”, “Asalobod”, “Jarqo‘rg‘on” mahallalarida va 7-sonli issiqlik qozonxonasida, Yashnobod tumani prokuraturasida, tuman IIB, “Aviasozlar” bozori, Ismoil Ergashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasi, Parkent ko‘chasidagi Bolalar milliy tibbiyot markazi, metro deposida, Koreya madaniyati va san’ati saroyida, 2-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasida, Jarqo‘rg‘on ko‘chasidagi 15-sonli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida, Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasida, 4-sonli stomatologiya poliklinikasida, “Toshkent Humo xalqaro aeroporti” MCHJda;

Mirzo Ulug‘bek bo‘yicha: “Geologlar”, “Temuriylar”, “Sarbon”, “Gulzorobod”, “Ko‘hna Mevazor”, “Shukur Burxonov”, “Alisher Navoiy”, “Katta Qorasuv”, “Oltintepa”, “Avayxon”, “Yangi Avayxon”, “Chingeldi”, “Ijodkor”, “Alisherobod” mahallalarida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida, 70-sonli oilaviy poliklinikada, “To‘qaytepa” jome masjitida, “CAU” oliygohida, “TEAM University”da, Mehnat muhofazasi institutida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy bo‘limida, “Tanho Xolding” zavodida, 2-sonli issiqlik qozonxonasida;

Mirobod tumani bo‘yicha: “Tong yulduzi”, “Istiqlolobod”, “Inoqobod”, “Navro‘z”, “Yangi zamon”, “Furqat”, “Temiryo‘lchilar”, “Birodarlik”, “Zaminobod”, “Banokatiy”, “Abdurauf Fitrat”, “Oltinko‘l”, “Qorasuv”, “Sarako‘l” mahallalarida, 5-son shahar tug‘uruq majmuasida, 3-sonli shahar klinik shifoxonasida, Temiryo‘lchilar bolalar shifoxonasida, Toshkent davlat transport universitetida;

Sergeli tumani bo‘yicha: Sergeli-6, Avtomobil bozorida, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, “Pepsi” zavodi, “Qo‘shqo‘rg‘on”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa”, “Junariq”, “Yuqori Darxon”, “Qut-baraka”, “Qumariq”, “Bunyodobod”, “Oltin vodiy”, “Yangi Bunyodobod” mahallalarida, Quyi Tolariq ko‘chasi, Uchuvchilar shaharchasida;

Yangihayot tumani bo‘yicha: “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Chorbog‘”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Zarbdor”, “Fayzli”, “Toshkent” mahallalarida, 1-son shahar tug‘uruq majmuasida, 37-sonli oilaviy poliklinikada, Morgda, Dermatovenerologiya dispanserida, “Denta Fil” va shprits zavodida, metall zavodida, Yangihayot tumani soliq inspeksiyasida, Yo‘ldosh-8 mavzesidagi non ishlab chiqarish korxonasida, Yangihayot tuman prokuraturasida, Yangihayot tumani hokimligida;

Yakkasaroy tumani bo‘yicha: “Boshliq”, “Armug‘on”, “Qushbegi”, “Dilbuloq”, “Muhandislar”, “Bobur”, “Damariq” mahallalari, Toshkent issiqlik elektr markazi, 3-son shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi, Yakkasaroy tuman Ichki ishlar boshqarmasida.

21 sentyabr 09:00 dan 22 sentyabr 14:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Chilonzor tumani bo‘yicha: “Chilonzor”, “1-Katta Chilonzor”, “2-Katta Chilonzor”, “Katta Qozirabod” mahallalarida, Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Chilonzor tumani bo‘limining bakteriologik laboratoriyasida, “Diamed” xususiy klinikasida, 34-sonli poliklinikada, 177, 212, 200, 215-sonli bolalar bog‘chasida, 138, 163, 103, 66-sonli maktablarda, 6-musiqali maktabda;

Sergeli tumani bo‘yicha: “Oltin vodiy”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa” mahallalarida;

Yakkasaroy tumani bo‘yicha: “Yakkasaroy”, “Meros”, “Muqimiy”, “To‘qimachi”, “Dilbuloq”, “Muhandislar”, “Rakat” mahallalari, Respublika qon quyish markazi, Yakkasaroy tumani prokuraturasi, Shota Rustaveli ko‘chasidagi YODJU texnika instituti, Janubiy temir yo‘l vokzali, “Yakkasaroy”, “Rahimjon ota” masjidlarida, Cho‘ponota ko‘chasidagi Sog‘liqni saqlash va tibbiy statistika institutida, Yakkasaroy tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida, Shota Rustaveli ko‘chasidagi Xalq qabulxonasida, Shota Rustaveli ko‘chasidagi Toshkent viloyati sudi binosida.

23 sentyabr 09:00 dan 24 sentyabr 14:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: “Bahor”, “Alpomish”, “Bog‘i maydon”, “Bo‘z-2”, “Lashkarbegi”, “Navnihol”, “Nodirabegim”, “Oliyhimmat”, “Sayram”, “Sho‘rtepa”, “Shahriobod”, “Habib Abdullayev”, “Olimlar” mahallalarida, 5-sonli bolalar klinik shifoxonasida, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy gospitalida, 7-sonli oilaviy poliklinikada, “Inha” universitetida, 6-sonli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida, 1-sonli issiqlik qozonxonasida;

Yunusobod tumani bo‘yicha: “TashGRES” mavzesida, “Bobodehqon”, “Oqtepa”, “Otchopar”, “Oltin meros”, “Obod”, “Posira”, “Sevinch”, “Qadrdon”, “Bego‘bor”, “Mehnatobod”, “Choshtepa”, “Uvaysiy”, “Yurtobod”, “Hamkorobod”, “Hasanboy”, “Anorzor” mahallalarida, Yunusobod 4, 6, 11, 12-mavzelarida.

28 sentyabr 09:00 dan 29 sentyabr 15:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yunusobod tumani bo‘yicha: Yunusobod 4, 6, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 19-mavzelarida, Chinobod ko‘chasi, Yangishahar tor ko‘chalari bilan, “Bobodehqon”, “Hasanboy”, “Yunusobod” mahallalarida, Yangi shahar ko‘chasi Temurbeklar maktabida, 1-sonli bolalar shifoxonasida, nefrologiya shifoxonasida, harbiy shifoxonada, 3-mavzeda, 8-sonli avtokorxonada, 4-sonli issiqlik qozonxonasida, Azimtepa ko‘chasi va tor ko‘chalari bilan, Hasanboy hududida, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida, Farog‘at 2, 4, 5, 6-tor ko‘chalarida, 271-sonli umumta’lim maktabida, Kulolqo‘rg‘on 1, 2, 3, 5, 6, 7-tor ko‘chalari va 1 va 3-berk ko‘chalarida;

Olmazor tumani bo‘yicha: “Ahil”, “Moyariq”, “Nihol”, “Yuqori Beshqo‘rg‘on” mahallalarida.

5 oktyabr 09:00 dan 6 oktyabr 15:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yunusobod tumani bo‘yicha: “Usta Shirin”, “Turkqo‘rg‘on”, “Iftixor”, “Jomiy”, “Yangiariq”, “Shahriston”, “Husnobod”, “Otchopar-1”, “Otchopar-2” mahallalarida, Oqilota va Anorzor tor ko‘chalarida;

Shayxontohur tumani bo‘yicha: “Taxtapul”, “Koxota”, “Yangi Kamolon”, “Labzak”, “Kamolon”, “Shayxontohur”, “Kamolon darvoza”, “Jangoh”, “Qoratosh”, “O‘rda”, “Chaqar”, “Xadra”, “O‘qchi”, “Olmazor” mahallalarida, “Tashkent City” xalqaro biznes markazida, Chorsu mavzesida, markaziy “Paxtakor” stadionida, MTRK binosida, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida, “Lukoyl Опере́йтинг Kompani” binosida, “O‘zbekgidroenergo” AJ binosi, Qozog‘iston elchixonasi, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada, Toshkent shahar Departamentida, Shayxontohur tumani hokimligida, DXX Chegara qo‘shinlarida, Oliy sud binosida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasida, O‘zbekiston davlat sirkida;

Chilonzor tumani bo‘yicha: Toshkent shahar hokimligida, Bojxona qo‘mitasida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, shahar obodonlashtirish boshqarmasida, Biznes markazda.

7 oktyabr 09:00 dan 8 oktyabr 15:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida, 70-sonli oilaviy poliklinikada, 344-sonli maktabda, 70-sonli bolalar bog‘chasida, To‘qaytepa jome masjitida, “CAU” universitetida, “TEAM Universaty”da, 69-sonli bolalar bog‘chasida, 343-sonli umumta’lim maktabida, Mehnat muhofazasi institutida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy bo‘limida, “Tanho Xolding” zavodida, “Temuriylar”, “Sarbon”, “Gulzorobod”, “Ko‘hna Mevazor”, “Chingeldi”, “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geologlar” mahallalarida;

Yashnobod tumani bo‘yicha: “Jarboshi”, “Hilol”, “Arg‘in”, “Toshisti”, “Mohirlar”, “Tovkentepa”, “Bog‘bon”, “Qalqon”, “Olmos”, “Uysozlar”, “O‘rta masjid”, “Katta Qo‘yliq”, “Qo‘yliqobod”, “Yosh avlod”, “Mumtoz”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Uchchinor” mahallalarida, Ohanrabo mavzesi, non ishlab chiqarish korxonasida, Uysozlar ko‘chasidagi harbiy qismda, “Yangiobod” va “Gumbaz” bozorlarida, “Olimpiya” shaharchasida;

Bektemir tumani bo‘yicha: “Mirishkor”, “Rohat”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Majnuntol”, “Iyk ota”, “Gulbog‘”, “Abay”, “Husayn Boyqaro”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Nurafshon”, “Musaffo”, “Sohil”, “Nurli yo‘l”, “Ustozlar” mahallalarida, “Vodnik” issiqlik markazida, tuman hokimligi hamda prokuraturasida, “Denis” non sexida, Ichki ishlar boshqarmasi o‘quv binosida, “Profi University”da, spirt ishlab chiqarish zavodida, “Artel” zavodida, “Qo‘yliq” dehqon bozorida, 39-sonli ko‘p tarmoqli shifoxonada, 69-sonli oilaviy poliklinikada, Tez tibbiy yordam bo‘limida, Milliy gvardiya harbiy qismida, golf klubda, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida, Jinoyat ishlari bo‘yicha sud binosida;

Sergeli tumani bo‘yicha: “Quruvchilar” mavzesida, “Pepsi” zavodida, Sergeli-2, 5, 5A, 6, 6A, 7, 7A, 8, 8A-mavzelarida, “Qo‘xna Qumariq”, “Nomdanak”, “Qorasuv”, “Daryobo‘yi”, “Nomdanak”, “Eski Jaloyir”, “Qipchoq”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Mehrigiyo”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Ittifoq”, Nilufar, “Yangi Bunyodobod”, “Asrobod”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa”, “Belarik”, “So‘g‘diyona”, “Qumariq”, “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Sofdil”, “Sadoqat”, “Xontepa”, “Xonobod”, “Eshonbuloq”, “Xonobodtepa”, “Farog‘atli”, “Keng makon”, “Izzatli”, “Shukrona”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Birdamlik”, “Belariq”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Shukrona”, “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Asrobod”, “Sultonobod”, “Eshonbuloq” mahallalarida, 8-sonli issiqlik qozonxonasi, “Sanoatenergo” qozonxonasida, “GM” zavodida, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida;

Mirobod tumani bo‘yicha: “Fayziobod”, “Oq uy”, “Bayot”, “Qo‘yliq ota”, “Ziyo nur”, “Yuksalish”, “Chinor”, “Bilimdon”, “Tolariq”, “Yangi Qo‘yliq”, “Parvona”, “Baratoxo‘ja” mahallalarida, 6-sonli issiqlik qozonxonasida;

Yangihayot tumani bo‘yicha: “Tashabbus”, “Yangi Umid”, “Yangihayot”, “Oriyot”, “Marhamat”, “Gulshanobod”, “Yangi turmush”, “Yangi Darxon”, “Navqiron”, “Mash’al”, “Zarbdor”, “Do‘stlik”, “Charog‘on”, “Humo”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Chorbog‘”, “Yorqin hayot” mahallalarida.

12 oktyabr 09:00 dan 13 oktyabr 12:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yunusobod tumani bo‘yicha: “Jomiy”, “Registon” mahallalarida, Naqshbandiy, Iftixor ko‘chalarida, Bog‘iravon ko‘chasi 55-uyda.

14 oktyabr 09:00 dan 15 oktyabr 15:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Olmazor tumani bo‘yicha: “Taraqqiyot”, “Qorasaroy”, “Namuna”, “Guruchariq”, “Hazrati Imom”, “Chimboy”, “G‘ani Azamov”, “Orzu”, “Ziyo”, “Universitet”, “Ziyokor”, “Mirzo G‘olib”, “Chig‘atoy”, “Oqtepa”, “Shifokorlar”, “Allon”, “Chig‘atoy darboza”, “Orzu” mahallalarida, “Olmazor siti” ko‘p qavatli uylarida, 2-son shahar tug‘uruq majmuasida, Olmazor sudi binosida, “Akfa medline” klinikasida, Urologiya shifoxonasida, Ko‘ksaroy shifoxonasida, Talabalar shaharchasi va yotoqxonalarida, Hazrati Imom masjitida, Baroqxon madrasasida, 1-sonli shahar sil kasalliklari klinik shifoxonasida;

Shayxontohur tumani bo‘yicha: “O‘zbekiston”, “Beltepa”, “Zafarobod”, “Huvaydo”, “Ipakchi”, “Ko‘kcha”, “Shofayz”, “Bo‘ston” mahallalarida, 2-tor Ipakchi, 1-tor Nurobod, Zafarobod va Ipakchi 1, 2, 3, 4, 5, Forobiy, Ulug‘bek 1, 2, 3, 4, 5, 6-tor ko‘chalarida, Qizilg‘uncha, Nurfayz ko‘chalarida;

Uchtepa tumani bo‘yicha: “Degrez”, “Bog‘i chinor”, “Begobod”, “Qoriyog‘di”, “Xondamir”, “Nishabariq”, “Sharq yulduzi”, “Shofayz bog‘i”, “Paxtakor”, “Ko‘kcha”, “Oqtepa”, “Jurjoniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Beshqayrog‘och”, “Hayratiy”, “Davlatobod” mahallalarida.

19 oktyabr 09:00 dan 20 oktyabr 15:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yunusobod tumani bo‘yicha: Sohibkor 1, 2, 3, 4, 5-tor, Oqtepa 1, 2, 3, 4, 5-tor, O‘qituvchilar 1, 2, 3-tor, Chinobod hamda Chinobod 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-tor, Yangishahar 6, 7, 8, 9-tor ko‘chalarida, Otchopar, Obiravaon ko‘chalari, “Manzara” TJM, “High Town City” turar joy majmuasi (chakana savdo va ko‘ngilochar majmuasi bilan), “Hayot” klinikasida.

21 oktyabr 09:00 dan 22 oktyabr 14:00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Chilonzor tumani bo‘yicha: “1-Charx Kamolon”, “2-Charx Kamolon”, “3-Charx Kamolon”, “Novza”, “2-Katta Chilonzor”, “3-Katta Chilonzor”, “Chilonzor”, “Novza”, “Dilobod”, “Xalqlar do‘stligi”, “Beshchinor”, “Diyor”, “Qozirabod”, “Naqqoshlik”, “Katta Do‘mbirobod”, “Do‘mbirobod”, “Gavhar”, “Nafosat”, “Oqtepa”, “Yakkabog‘” mahallalarida, 182, 178, 173, 162, 128, 168-sonli maktablarda, 336, 364, 291, 267, 89, 256, 230, 36, 24, 178, 182-sonli bolalar bog‘chalarida, 1-Respublika tibbiyot kollejida, Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida, shahar prokuraturasida, 22-sonli Mehribonlik uyida, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya amaliy tibbiyot markazida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sentyabr va oktyabr oylarida issiqlik tarmoqlari hamda qozonxonalarda rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli hududlardagi issiq suv ta’minotida 5 kungacha vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing