Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib ketdi (video)
3-sahifa
−
08 avgust
10436Toshkent viloyatida Damas rusumli mashina haydovchisi 6 yoshli bolani urib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27 iyul kuni soat taxminan 13:10 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R10 “Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 14-kilometrida sodir bo‘lgan. Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi 25 yoshli Z.M. Damas rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 6 yoshli piyodani urib yuborgan.
“Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda turli xil tan jarohatlari olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketgandi.