Toshkent viloyatida aholi orasida yana koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 12 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 nafarga ortib 4869 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 5 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida va yana 5 nafari esa Rossiyadan ushbu viloyatdagi "Zangiota" chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3758 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1092 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing