Toshkent viloyatida aholi orasida 14 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soat 23:00 holatiga ko‘ra yana 37 nafarga ortib, 5767 kishini tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent viloyatida (shundan 18 nafari karantinga olinganlar, 14 nafari aholi orasida), 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 4199 nafari yoki 72 foizi sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1549 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

353

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing