Toshkent viloyatida aholi yashash joyiga kelib qolgan ayiq o‘ldirilgani aytilmoqda
Jamiyat
−
02 noyabr 2020
9892Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida odamlar yashaydigan hududda ayiq aylanib yurgani tasvirlangan video tarqalgandi.
Aholi yashaydigan hududda yurgan yovvoyi ayiqning atrofdagi tog‘dan kelib qolgani aytilgandi.
Oradan ko‘p o‘tmay, yana bir video tarqaldi. Ammo bu safargi videoda o‘sha ayiq o‘ldirilgan va jonsiz yotgani tasvirlangan. Ayiq otib o‘ldirilgan. Uni kim o‘ldirgan noma’lum.
Bu holat bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
LiveBarchasi