Qotil ayiq o‘limga hukm qilindi

Bu qiziq

image

Italiyada tabiat qo‘ynida yugurgani chiqqan ayolni o‘ldirgan ayiq o‘limga hukm qilindi. Bu haqda CNN xabar berdi

Qayd etilishicha, Andrea Papi ismli ayol o‘tgan hafta Italiya shimolidagi Trentino-Alto-Adige hududidagi jamoat qo‘riqxonasida yugurish paytida ayiq hujumiga uchragan va halok bo‘lgan. Italiyaning yovvoyi fauna milliy instituti ayolning qotiliga aylangan 17 yoshli JJ4 laqabli ayiqni himoya qilish uchun sudga murojaat qilgan. Himoyachilar ayiqning yaqinda ko‘zi yorigani, uning o‘ldirilishi ayiqchalarga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytishgan. 

Shunga qaramay, ayiqni o‘ldirish bo‘yicha hukm chiqarilgan. Hukm shu yilning 11 mayiga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qashqadaryodagi aholi yashash joyiga ayiq kelib qolgandi. Keyinroq jonivor otib o‘ldirilgan bo‘lib, bu bo‘yicha jinoyat ishi ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing