Rossiyada ayiqni urib yuborgan avtomobil uning hujumiga uchradi (video)
Olam
−
24 may 2023
25249Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida Lexus ayiqni urib yuborganidan so‘ng uning hujumiga uchradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab avotomobil ayiqni urib yuborgan. Shundan so‘ng omon qolgan yirtqich mashinaga hujum qilgan.
Hodisa Xabarovsk-Lidoga-Vanino avtomobil yo‘lining 149-kilometrida sodir bo‘lgan. Voqea guvohlarining aytishicha, Lexus avtomobili yuqori tezlikda harakatlanib borayotgan vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayiqni urib yuborgan. Shunga qaramay ayiq tirik qolgan va oqsoqlanib kelib, avtomobilga hujum qilgan.
Jonivor Lexus'ning kapotini tishlari bilan pachoqlab, old bamperga zarar yetkazgan. Shuningdek, mashinaning old oynasini bosgan va to‘siqdan oshib, o‘rmonga kirib ketgan. Ayiq xavfsizlik yostiqchalari ochilgani uchun salondagi yo‘lovchilarni ko‘rmagan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyada ayiq tonggi yugurishga chiqqan ayolni o‘ldirgani uchun o‘limga hukm qilingandi.
LiveBarchasi