Toshkent viloyatida 24 yoshli yigit 4 yashar qizga jinsiy tegajog‘lik qilgani aytildi
3-sahifa
−
20 dekabr 2023
14383Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Keles shahrida yashovchi fuqarodan uning 2019 yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan bolalar bog‘chasida jinsiy tegajog‘lik qilingani haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda Bolalar ombudsmanining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Keles shahridagi xususiy bog‘chada yuz bergan. Bolalar ombudsmani mazkur murojaatni Bosh prokuratura bilan birgalikda o‘rganishi natijasida xususiy bog‘chada bo‘lgan vaqtida bolaga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilingani yuzasidan 2023 yil 15 dekabrda Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Toshkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent tumani, Keles yo‘li ko‘chasida xususiy bog‘cha egasi Z.X. o‘zi yashab kelayotgan uyida 2023 yil 1 dekabrdan boshlab tegishli ravishda ruxsatnoma olmasdan, hech qanday litsenziyasiz bolalar bog‘chasi tashkil etgan.
Toshkent tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan ushbu xonadon o‘rganilganda, bu yerda sanitariya qoidalari jiddiy ravishda buzilgani va bog‘chada ishlagan G.Q., Z.X.lar tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani aniqlangan.
QALAMPIR.UZ ixtiyoriga kelib tushgan hujjatga ko‘ra, qizchaga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilishda ayblanayotgan yigit xususiy bog‘cha egasining o‘g‘li hisoblanadi. Qizchaning onasi yigit qo‘li bilan farzandining jinsiy a’zosiga tegib, unga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilganini bildirgan.
Bolalar ombudsmanining qayd etishicha, tergov davomida fuqaro Z.X.ning litsenziya olmasdan maktabgacha ta’lim muassasasi ochib faoliyat ko‘rsatganligi holatiga ham huquqiy baho berilmoqda.
“Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan hamda Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvi ostida”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasining 11-sinf o‘g‘li bog‘cha tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bir necha qizlarga tegajog‘lik qilgandi.
LiveBarchasi