Toshkent viloyatida 19 yashar yigit kanalda cho‘kib ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yoz kelishi bilan odamlar favvaora va kanallarda cho‘milishni odat qiladi. Bu jazirama issiqda jonga oro kiruvchi eng yaxshi chora. Ammo buning salbiy oqibatlari ham yo‘q emas. Yoz oylarida bolalarn katta suv havzalarida cho‘kib ketganini tez-tez eshitib turamiz. Shunday baxtsiz hodisaning navbatdagisi Toshkent viloyatida sodir bo‘ldi.

Kecha, 9 iyun kuni Toshkent viloyatida 19 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rtachirchiq tumanida yashagan 19 yoshli D.A. “Oltio‘g‘il” mahallasidan oqib o‘tuvchi “O‘rtachirchiq-Oqqo‘rg‘on” kanalida cho‘milayotib, ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho‘kib ketgan.

“Hurmatli fuqarolar yozning issiq va jazirama kunlarida taqiqlangan yoki belgilanmagan joylarda cho‘milmasligingizni, belgilangan joylarda cho‘milgan vaqtingizda ham xavfsizlik chora-tadbirlariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, deya ogohlantiradi vazirlik.


Maqola muallifi

Teglar

cho'kish O'rtachirchiq

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing