Toshkent viloyatida hokimlik xodimi $20 ming pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimligi xodimi yer olishda yordam berish uchun pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ohangaron tumani hokimligi xodimi tog‘li hududdan 500 gektar yaylov yer maydonini elektron auksion savdosida yutib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Bu xizmati evaziga u xaridordan 35 ming AQSH dollari talab qilgan va shundan 20 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtida ushlangan.

Avvalroq Bo‘stonliq tumanida Prezident farmoni bilan ajratilgan yerni 800 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya pora

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing