Toshkent viloyati “qizil” hududlarida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari ma’lum muddat to‘xtatildi
Jamiyat
−
27 may 2020
11636Avvalroq, Toshkent viloyatining hududlari epidemiologik holatiga ko‘ra qayta toifalangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu toifalanishga ko‘ra “qizil“ etib belgilangan hududlarda yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari ma’lum muddat to‘xtatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ nashriga Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakili Rustam Asqarov ma’lum qildi.
“Viloyat “qizil” hududlaridagi yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari karantin sababli fuqarolarni qabul qilish ishlarini vaqtinchalik to‘xtatganini ma’lum qilamiz“ deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomalarini berish va almashtirish, jarima to‘lash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari karantin talablari bekor qilinguniga qadar amalga oshirilmaydi.
“Hayotingiz va sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yib “qizil” hududlarga kirmang, uyda qoling“, deyiladi xabar so‘ngida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi epidemiologik sharoitni qayta tahlil qilish ko‘rsatmasini bergan edi.
LiveBarchasi