“Bizda qish tugul, yozda ham “svet” yo‘q”. Aholi Zoyir Mirzayevga e’tiroz to‘la murojaat yo‘lladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumani aholisi “svet”, gaz, suv hamda yo‘l masalasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va tuman hokimiga videomurojaat yo‘lladi. Ushbu videomurojaat QALAMPIR.UZ'ga kelib tushdi.

“Biz Zangiota tumani “Turopobod” mahallasidan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va tuman hokimiga murojaat qilmoqdamiz. Biz o‘zi Zangiota tumani xaritasida bormizmi? Nafaqat hozirgi vaqtda, balki yozda ham gaz, “svet” muammolari mavjud. Oilalarimizda bolalar, qariyalar bor. Ular kasal bo‘lmoqda”, deydi murojaatchilardan biri.

Ularning qayd etishicha, hamma soliqlar to‘langan. Shuningdek, ular hokimlarni ushbu mahallaga kelishini so‘ragan.

“Aholi uy-joyini sotib ko‘chib ketsinmi? Ferma, molxonalar qurasizlarmi? Fermalarda “svet” bor, lekin aholida yo‘q. Fermalardan foyda ko‘proq kelgani uchun shundaymi?” deydi murojaatchilar.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, tuman “elektroset”ga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilingan. Ammo javob olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni Prezident huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Ushbu yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga ogohlantirish bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Zangiota “svet”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing