Toshkent viloyati ham shahar va tumanlar bo‘yicha “qizil“, “sariq“ va “yashil“ toifalarga ajratildi
Jamiyat
−
08 may 2020
19598Toshkent viloyati shahar va tumanlari bo‘yicha yashil, qizil va sariq hududlar belgilandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Yangiyo‘l shahri, Oqqo‘rg‘on tumani, Zangiota tumani, Parkent tumani qizil (oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan) hududlar toifasiga kirdi.
Angren shahri, Chirchiq shahri, Bekobod tumani, Qibray tumani, Quyi Chirchiq tumani, O‘rta Chirchiq tumani, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent tumani esa sariq (oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan) hududlar deb belgilandi.
Olmaliq shahri, Ohangaron shahri, Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron tumani, Bo‘stonliq tumani, Bo‘ka tumani, Piskent tumani yashil (koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar sarasiga kirdi.
Avvalroq, Respublika bo‘yicha viloyatlar ushbu tartibda toifalangan edi. “Qizil“, “sariq“ va “yashil“ ranglari aslida nimani anglatishi haqida yozgandik.
LiveBarchasi