Toshkent viloyatida ichimlik suvi narxi oshadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi to‘lov tariflari ishga tushadi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xalq deputatlarining viloyat kengashi tomonidan 2025 yilning 1 iyul kunidan boshlab amalda bo‘ladigan ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi to‘lov tariflari tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:

Ichimlik suvi:

a) aholi uchun – 1 m3 – 2600 so‘m; b) byudjet tashkilotlari uchun – 1m3 – 15 ming so‘m; v) ulgurji iste’molchilar uchun – 1m3 - 15 ming so‘m;

Oqova suv xizmati:

a) aholi uchun – 1 m3 – 1300 so‘m; b) byudjet tashkilotlari uchun – 1m3 – 3000 so‘m; v) ulgurji iste’molchilar uchun – 1m3 – 3000 so‘m.

Qayd etilishicha, ushbu narxlar qo‘shimcha qiymat solig‘isiz. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etilgandi. Unga ko‘ra, bir metr kub ichimlik suvi aholi uchun 2800 so‘m, oqova suv xizmati esa 1900 so‘m qilib belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

ichimlik suvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing