Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
07 avgust
7256Sardorbek Qodirovich Ergashev Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Sardorbek Ergashev 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 2011 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023 yilda Toshkent arxitektura-qurilish universitetlarini tamomlagan.
U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Furqat tumaniga yangi hokim tayinlangandi.